Янгиликлар
22
Xovos tumanidagi mahallalarda huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazildi
Xovos tuman adliya bo‘limi hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan Qahramon va Istiqlol mahallalarida davra suhbatlari tashkil qilindi.
Tadbir huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatni shakllantirish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish maqsadiga qaratildi.
Tadbirda xorijda mehnat qilish istagida yurgan fuqarolar uchun qonuniy mehnat migratsiyasi, noqonuniy migratsiya oqibatlari, odam savdosi, yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘l transport hodisalarining oldini olish masalalalariga alohida e’tior qaratildi.
Ta’kidlanganidek, huquqbuzarliklar profilaktikasi – huquqbuzarliklar, xususan jinoyatchilikka qarshi kurashishning eng samarali, insonparvar, kam mablag‘ talab qiladigan yo‘nalishi bo‘lib, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Muloqot davomida tumanda joriy yilning o‘tgan oylari davomida sodir etilgan jinoyatlarlar, xususan, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Qolaversa “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” loyihasi doirasida xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, kommunal to‘lovlar, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiya ta’minoti masalalariga alohida to‘xlatib o‘tildi.
Tadbir nihoyasida ishtirokchilarga huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan infografika va flayerlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi