Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Sayyor qabul - muammolar kaliti


Sayyor qabullar aholi muammolariga yechim topish, odamlarning turmush darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safarboy Tog‘ayevning navbatdagi sayyor qabuli Sayxunobod tumani O‘rikzor mahallasida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 20 ga yaqin fuqarolarning muammolari tinglandi.
Fuqaro A.Ummatov farzandining o‘lim faktini belgilashda amaliy yordam so‘radi. B.Polvonov pensiya va nafaqa puli o‘z vaqtida to‘lab berilmayotganidan norozi bo‘ldi. Sayyor qabulda A.Abulqosimova mahalla ahlining muammosini ko‘tardi. Qo‘lbola elektr simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish zarurligini ma’lum qildi.
Sayyor qabul davomida ishga joylashish, kredit olish, tibbiy ko‘rik, pensiya ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan kelib tushgan o‘ndan ziyod murojaatlarga zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. O‘rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi