Янгиликлар
21
Yoshlar ishlari agentligining tuman-shahar bo‘limlariga ham yuridik xizmat ko'rsatiladi
Yoshlar ishlari agentligining tuman-shahar bo‘limlariga ham yuridik xizmat ko'rsatiladi
Yuridik xizmati mavjud bo‘lmagan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional xizmat ko‘rsatish Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir.
Markazlar tomonidan 19 ta davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatilishi bilan birga, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar ham to‘liq qamrab olindi. Endilikda Yoshlar ishlari agentligining tuman-shahar bo‘limlari ham “E-huquqshunos” elektron tizimiga integrasiya qilinib, ularga yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
Tizimga ulanish va undan foydalanish usullarini tushuntirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari xodimlari, Unicon-Soft MChJ mas’ullari ishtirok etishdi.
Darhaqiqat,“E-huquqshunos” elektron tizimi yuridik xizmat ko‘rsatishda zamonaviy qulaylik. Ayniqsa, hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi natijasida turli shakldagi qonunbuzilishlarning oldi olinib, mehnat munosabatlarida qonuniylik ta’minlanadi.
Seminar davomida «E-huquqshunos» elektron tizimi bilan ishlash amaliyoti o‘rgatildi. Hujjat matnini tizimga kiritish, tahrir qilish, yangilash, ilovalarni biriktirish va xulosa berish uchun markazlarga yuborish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi