Янгиликлар
20
"Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida tadbir tashkil qilindi
"Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida tadbir tashkil qilindi
Yurtimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivoj topgan sari, uning afzalligi va qulayliklaridan foydalanish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mazkur jarayonda kiberxavfsizlikni ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan kiberjinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi alohida o‘rin tutadi.
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida davra suhbati tashkil qiindi.
“Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” doirasida tashkil qilingan ushbu tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Muloqotda kibermakon, kiberxavfsizlik, kiberjinoyatchilik tushunchalari, kiberxavfsizlik subyektlarining huquq va majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmatining kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatlariga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarning mavzu doirasidagi fikr-mulohazlari ham tinglandi. Qizg'in savol-javob asosida o'tgan tadbir huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo'ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi