Янгиликлар
21
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tizimi yanada takomillashtirilmoqda
Mamlakatimizda tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish va nikohdan ajralish kabi muhim voqea va faktlarni qayd etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda FHDYO organlarining roli va ahamiyatini oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilashda huquqiy asosdir.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi “Ma’rifat soati”da mazkur qaror mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. Mavzu yuzasidan boshqarma mas’ul xodimi Ruxsora Uralovaning ma’ruzasi tinglandi.
Muloqot mobaynida FHDY organlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, FHDY organlari faoliyatini tashkil etishda qonunchilikda nazarda tutilgan talablar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Yakunda qaror mohiyati va mavzuga doir hayotiy zarur masalalar yuzasidan xodimlarning savollariga ma’ruzachi tomonidan javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi