Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya aralachgach, muammo ijobiy hal bo'ldi


Adliya aralachgach, muammo ijobiy hal bo'ldi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro F. Shomurodovaning Sirdaryo tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 71-sonli maktab-internatida kutubxonachi lavozimida ishlaganligi, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab internatida ishlovchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida ustama pullarini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘rab yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

O'rganish davomida murojaatda bayon etilgan vaj asosli bo'lib chiqdi. Haqiqatdan ham F.Shomurodovaga 2022-yil 1-iyuldan hozirga qadar  to'lanishi lozim bo'lgan 50 foiz miqdordagi ustamalar o‘z vaqtida to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Ushnu muammo yuzasidan xalq ta’limi boshqarmasi hamda o‘zi ishlayotgan maktab-internatiga murojaat qilingan bo'lsada ijobiy hal qilib berilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-230-son qarorining 1-v kichik bandiga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda hamda nogironligi bo‘lgan bolalar kasb-hunar maktablarida ishlovchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar to‘lanishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida xalq ta’limi boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.

Natijada, F.Shomurodovaga iyul-oktyabr oylari uchun 2 826 582 (ikki million sakkiz yuz yigirma olti ming besh yuz sakson ikki ming) so‘m miqdorda ustama pullari undirib berildi.

Adliya aralashuvi bilan mazkur murojaat ijobiy hal yechim topdi, endilikda F.Shomurodovaning ish haqiga har oyda 50 foizlik ustama to‘lab beriladigan bo‘ldi.

  
To‘lqin Turdibekov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarnini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi