Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi


Adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Unda “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Qonun mazmun-mohiyati toʻgʻrisida atroflicha soʻz bordi. Tadbirda Huquqiy xizmatlar boʻlimi yetakchi maslahatchisi Laziza Mamajonovaning mavzu yuzasidan maʼruzasi tinglandi.

Taʼkidlanganidek, koʻchmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi. Muloqotda koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish, garov, ipoteka va lizing, avtomototransportni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek, avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari haqida maʼlumotlar berildi.

Oʻtayotgan haftada qabul qilingan ushbu hujjat huquqshunoslar diqqat markazida boʻlib, qizgʻin savol-javoblar asosida huquqiy tushunchalar yanada mustahkamlandi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi