Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali berishlari mumkin


Keksalar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali berishlari mumkin (https://lex.uz/docs/-5735396).

Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

▫️ urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

▫️halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);

▫️respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

▫️ Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;

▫️yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;

▫️ I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

▫️ oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;

▫️ yoshga doir pensiya oluvchilar.

❗️ Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.