Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil qilindi


Adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida navbatdagi “Maʼrifat soati” tashkil etildi. Tadbirda Huquqiy hizmatlar boʻlimi boʻlimi boshligʻi Bobur Narbayev Maʼmuriy tartib taomillar yuzasidan qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼmuriy-huquqiy faoliyat sohasida maʼmuriy boshqaruv vakolati berilgan organlar, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ushbu faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa tashkilotlar maʼmuriy-huquqiy faoliyatini tartibga solishda muhim huquqiy asosi ekanligi haqida tushuntirish berildi.

Shuningdek, davlat organlarining huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring qilish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yoʻlida xorijiy ilgʻor davlatlarning tajribasi hamda “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida ushbu hujjat ishlab chiqilganligi, ijro hokimiyati organlari faoliyatini zamonaviy tarzda tashkil qilish, davlat boshqaruvi sohasida rasmiyatchilik va suiisteʼmollikka chek qoʻyish, tezkor va asosli qarorlar qabul qilish yoʻli bilan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishni koʻzda tutishi haqida aytib oʻtildi.

  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi