Янгиликлар
24
Guliston shahar “Maʼnaviyat” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi
Guliston shahar “Maʼnaviyat” mahallasida sayyor qabul o'tkazildi
Sayyor qabullar xalq bilan muloqotning samarali mexanizmi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Safar Tog'ayevning Guliston shahar “Maʼnaviyat” mahallasida o'tkazgan sayyor qabuli ham aholi bilan ochiq va samimiy muloqot uchun asos bo'ldi.
Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir qator muammoli masalalar, jumladan, uy-joy, moddiy yordam, taʼlim sohasidagi masalalar, uy-joyni xususiylashtirish, mehnatga doir nizolar, tadbirkorlik faoliyati va boshqalar masalalarda murojaatlar qilindi.
Xususan, D.Boboraximova moddiy yordam ajratish hamda “Ayollar daftariga” kiritishda, G.Soxibova farzandini “Monomarkaz”ga o‘qishga joylashtirishda amaliy yordam so‘radi. Fuqaro J.Qurbonova uy-joyi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi sababli yer maydoni ajratilmaganligidan norozi ekanligini ma’lum qildi.
Sayyor qabul jarayonida 16 nafar fuqarolar murojaat qilgan bo‘lib, joyida 10 nafariga huquqiy tushuntirishlar berildi, o'rganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi