Янгиликлар
24
Korrupsiya - yoshlar nigohida
Korrupsiya - yoshlar nigohida
Korrupsiya bu jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi. Korrupsiyaga barham bermasdan turib, taraqqiyotga erishib bo’lmaydi.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimiga qarashli Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida tashkil etilgan tadbirda mavzu muhokamalar markazida bo'ldi.
Unda viloyat hokimligning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho'ba mudiri S.Xodjayev, adliya boshqarmasi yetakchi mutaxassisi X.Sulaymonbekova va viloyat hokimligi yoshlar kotibiyati yetakchi mutaxassi U.Abdullayevlar ma'ruza bilan ishtirok etdi.
Yoshlar bilan muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyatiga alohida to'xtalib o'tildi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, unga chek qoʻyish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi aniq hayotiy misollar orqali tushuntirildi.
Tadbir nihoyasida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi