Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalari qanday mezonlarga asoslanadi?


Odob-axdoq qoidalari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan navbatdagi seminar Sog‘liqni saqlash boshqarmasida tashkil etildi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Sh.Udaydullayev, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyat filiali xodimi D.Sadulayevlar ma'ruza bilan ishtirok etdilar.
Seminarda ma’ruzachilar Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori yuzasidan so‘z yuritdilar.
Xususan, davlat xizmatchilari faoliyati vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklatilgan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish prinsiplariga asoslanishi ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat xizmatchilari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozimligi tushuntirildi.
Qalaversa, odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun davlat xizmatchilariga axloqiy ogohlantirish, uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish, davlat organlari va tashkilotlarining kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish kabi axloqiy ta’sir choralari qo‘llanilishi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi