Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Sayxunobodda yer munosabatlarini tartibga solish bilan bogʻliq targʻibot tadbiri tashkil qilindi


Joriy yilning 19-sentyabr kuni Sayxunobod tumani adliya boʻlimi boshligʻi B.Nazarov, Davlat xizmatlari markazi direktori Sh.Umarov va Tuman arxitektura va Kadastr boʻlimlari masʼul xodimlari ishtirokida Sayxunobod tumani Ichki ishlar boʻlimida Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida” OʻRQ-781-son qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan targʻibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda mazkur qonun bilan jismoniy va yuridik shaxslarga egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqi bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi hamda ushbu yer uchastkasi, unda joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining huquq egalariga kompensatsiya berish tartib-taomillari belgilanganligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, yer uchastkalarining kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishiga asos boʻladigan holatlarning roʻyxati aniq qilib koʻrsatilganligi, yer uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish qatʼiyan taʼqiqlanishi, buzilishga tushgan hududda joylashgan yerga boʻlgan huquq mavjud boʻlmay turib, oʻn besh yil davomida koʻchmas mulkka halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib kelgan shaxslarga ham ushbu koʻchmas mulk obyekti uchun soliqlar toʻlab kelingani tasdiqlangan taqdirda, mazkur koʻchmas mulk obyekti qiymatining oʻrni qoplanishi koʻzda tutilayotganligi haqida gapirib oʻtildi.
Tadbir soʻngida davra suhbati ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi