Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Yer munosabatlarini tartibga solish bilan bogʻliq qonunchilik hujjatlari yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil qilindi


Boyovut tuman hokimligida Adliya boshqarmasi masʼul xodimlari J.Shamirzayev, B.Norbayevlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida” OʻRQ-781-son qonuni haqida targʻibot tadbiri tashkil qilindi.

Seminarda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi, Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida»gi, «Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi, «Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorlari mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida atroflicha soʻz bordi.

Tadbirda yer uchastkalari har qanday boshqa maqsadlarda olib qoʻyilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish sifatida talqin etish taqiqlanishi, mahalliy kengash yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan keyin hokimliklar huquq egalari bilan kompensatsiya shartlari, turlari va miqdori boʻyicha kelishuvga erishishga doir ishlarni amalga oshirishi, huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga majbur qilish maqsadida koʻchmas mulkni erkin tasarruf etishiga monelik qiladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, huquq egasining munosib hayot kechirishi uchun monelik qiladigan shart-sharoitlarni yaratishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida maʼlumotlar berildi
Seminar soʻngida yigʻilish ishtirokchilarining savollariga javoblar berildi.


Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi