Янгиликлар
28
Boyovut tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan korxona, tashkilot va davlat muassasalari hodimlari Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Boyovut tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan korxona, tashkilot va davlat muassasalari hodimlari Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Xususan, tumandagi 2-sonli kasb-hunar maktabining 158 dan ortiq hodimlari va talabalari sayyor tartibda Mobil-ID tizimidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur tizim foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.
Ma’lumot o'rnida, Davlat xizmatlari markazi yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrgacha bepul, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirgan holda amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi