Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ko‘prik bitdi, ammo xizmat haqidan darak yo‘q


Yangiyer shahridagi “Trans Imkon Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi o‘rtasida 2018 yil 1 noyabr hamda 2019 yil 3 yanvar kuni shartnomalar tuzilgan.

Shartnoma shartlariga ko‘ra, “Trans Imkon Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ko‘priklarni qurish va rekonstruksiya qilishda 516.292.423 so‘mlik transport xizmati ko‘rsatilgan.

“Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan “Trans Imkon Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobiga 185 000 000 (bir yuz sakson besh million) so‘m pul mablag‘i o‘tkazib berilgan.

Biroq, ogohlantirishlarga qaramay qolgan 331 292 422 (uch yuz o‘ttiz bir million ikki yuz to‘qson ikki ming to‘rt yuz yigirma ikki) so‘m miqdordagi qarz summalari to‘lab berilmagan.

Holatdan norozi bo‘lgan “Trans Imkon Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari amaliy yordam so‘rab Yangiyer shahar adliya bo‘limiga murojaat qildi.

O‘rganishlar davomida murojaatchining shikoyati asosli ekanligi, “Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan 331 292 422 so'm qarzdorlik summasi qoplanmaganligi solishtirma dalolatnomada aks etganligi aniqlandi.

Vaholanki, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga binoan, shartnoma taraflari, tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi shart ekanligi ko‘rsatilgan.

Shunga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan “Trans-Imkon-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.

Oqibatda, “Sirdaryo ko‘priklardan foydalanish” unitar korxonasi hisobidan “Trans-Imkon-Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 331 292 422 so‘m asosiy qarz, hamda 25 000 000 so‘m penya undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

  

Laziz Xudoyqulov

Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i