Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Giyohvandlik – asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik


Insoniyat taraqqiyotning yangi cho‘qqilarining zabt etmoqda. Biroq jahonda halqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston davlat universiteti talabalari uchun tashkil qilingan tadbir giyohvandlikka qarshi kurashish, ularning zararli oqibatlaridan yoshlarni xabardor qilish mavzusiga qaratildi.

Tadbirda Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi X.Sulaymanbekova ishtirok etib, giyohvandlikning iqtisodiy, jinoiy, ma’naviy asoratlariga to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, giyohvandlikka chalingan kimsalar oilasining tinchi buzilishi natijasida, farzandlarining qarovsiz qolayotgani, o‘zlari esa salomatligini yo‘qotib, bevaqt o‘lim topayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, giyohvandlik dardiga yo‘liqqanlarning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etishi, qora ajal oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumishi, dunyoda sodir etilayotgan jinoyatlarning 50 foizidan ortig‘i giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri kelishi xususida so‘z yuritildi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘lib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda fikr almashdilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi