Янгиликлар
19
Alkogol mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish taqiqlanadi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahridagi Markaziy dehqon bozorida qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritishning oldini olish maqsadida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbirda alkogol va tamaki mahsulotlarini yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga, ta’lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab ikki yuz metrdan kam masofada joylashgan savdo obyektlarida sotilishi qonunchilika zid ekanligi ta’kidlandi.
Muloqotda tadbirkorlik subektlariga etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bilan huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi tushuntirildi.
Shuningdek, jarayonda Alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish hamda ularni ekspertiza (test)dan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi