Янгиликлар
17
Shartnoma majburiyatlari bajarilmadi, holatga adliya aralashdi
Oqoltin tuman obodonlashtirish boshqarmasi va “Xondamir Elomon” MCHJ o‘rtasida qiymati 645 838 908 so‘mlik hamda 538 827 168 so‘mlik pudrat shartnomalari tuzilgan edi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan shartnomada ko‘rsatib o‘tilgan talablar o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilgan bo‘lsada, biroq tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shartnoma majburiyatlari buzildi, aniqrog‘i hisob-kitob va to‘lovlar to‘liq amalga oshirilmadi.
Buzilgan huquqlarini tiklash, muammoga huquqiy yechim topish maqsadida tadbirkor Oqoltin tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Mazkur murojaat bo‘lim tomonidan qonuchilik talablari asosida o‘rganildi. Aniqlanishicha, tadbirkor buyurtmaga ko‘ra, tumandagi ko‘p qavatli uylar oldiga yo‘laklar qurish ishlarini olib borgan. Biroq, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar uchun haq to‘liq to‘lab berilmagan, ya’ni 81 648 615 so‘m qismi to‘lanmagan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risidagi qonunning 7-moddasiga binoan, shartnoma taraflari, tuzilgan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha zimmalariga olgan majburiyatlarni o‘z vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi shart ekanligi ko‘rsatilgan.
Yuqoridagilarga asosan adliya bo‘limi tomonidan “Xondamir Elomon” MCHJ manfaatida Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Qayd etilganlarga asoslanib, mazkur da’vo arizasi qanoatlantirildi, sudning hal qiluv qarori bilan tuman obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan “Xondamir Elomon” MCHJ foydasiga 81 648 615 so‘m asosiy qarz hamda respublika davlat byudjetiga 1 632 972 so‘m miqdorida davlat boji undirilishi belgilandi.
Alisher Ziyayev,
Oqoltin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i