Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Mobil-ID tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun toʻlov undiriladimi?


Mobil-ID tizimida roʻyxatdan oʻtish uchun toʻlov undiriladimi?

Bevosita davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiyalash 2022-yil 31-dekabrga qadar toʻlov undirmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab BHMning 2 foizi miqdorida bir martalik toʻlov undirish orqali amalga oshiriladi.

Bunda, Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazish davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilganda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

Mobil-ID tizimida identifikatsiyadan oʻtkazilganligi uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
YIDXPning mobil ilovasi orqali murojaat qilinganda bepul amalga oshiriladi.