Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar Milliy assosiasiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi hamda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi bilan hamkorlikda viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari uchun o‘quv seminari tashkil qilindi.

Ushbu o‘quv jarayonida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati erkinligi, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari mazmun- mohiyati nodavlat notijorat tashkilotlari e’tiboriga yetkazildi.

Bunda tashqari, tadbir jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganishlar, ularning natijalari bo‘yicha aniqlangan qonun buzilish holatlari, hisobotlar topshirish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar atroflicha tahliliy muhokama qilinib, tegishli tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlariga sertifikatlar topshirildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi