Янгиликлар
19
Sirdaryoda 6 nafar advokatning lisenziya va advokatlik maqomi tugatildi
Sirdaryoda 6 nafar advokatning lisenziya va advokatlik maqomi tugatildi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 5-oktabrdagi 204-um-sonli buyrug‘i bilan -
Yangiyer shahridagi “Xaqiqat mezoni” advokatlik firmasi advokati Tursunova Sadorat Umatovnaning SI 000014 raqamli;
Guliston shahridagi “TEMURBEK QALQONI” advokatlik byurosi advokati Oqjigitov Abdusattor Sangilovichning SI 000016 raqamli;
Guliston shahridagi “ODIL HUQUQ” advokatlik firmasi advokati Quvatov Maxmut Usarovichning SI 000107 raqamli;
Guliston shahridagi "ADVOKAT MAXAMEDOV" advokatlik byurosi advokati Maxamedov Baxadir Esirgapovichning TN 000211 raqamli;
Guliston shahridagi «ABSOLVO» advokatlar hay’ati advokati Qarshiboyev Shuxrat Raxmatullayevichning SI 000111 raqamli advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi lisenziyalari hamda advokatlik maqomi tugatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 14-oktabrdagi 215-um-sonli buyrug‘i bilan -
Nazirxonov Azizxon Isroilxon o’g’lining SI 000128-raqamli advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishini tugatishni so‘rab yozgan arizasiga ko‘ra, uning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilishi va advokatlik maqomi tugatilganligi ma’lum qilinadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi