Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Ona tilini asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishiga xizmat qiladi


Til — davlat timsoli, mulki. Darhaqiqat, tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonuni qabul qilinganiga bu yil 33 yil to‘ladi. Sana munosabati bilan Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida davra suhbatlari, seminarlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Guliston shahar 4-oilaviy poliklinikasida bo‘lib o‘tdi. «Ona tilim, o‘zingsan buyuk» mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda davlat tilining huquqiy maqomi, uning dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va nufuzi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Mustaqillikka ilk qadamlar tashlanayotgan davrdayoq o‘zbek tiliga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berilganligi, bu mamlakatimiz, yurtdoshlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylanganligi muloqot davomida alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda Markaz xodimlari tomonidan o‘zbek tilining maqomini mustahkamlashga qaratilgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi