Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo viloyati filialida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil qilindi


Korrupsiya – davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Bunday salbiy illatga qarshi kurashish uchun qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish orqali jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolarda korrupsiyaga qarshi toqatsizlik muhitini shakllantirish zaruriyati vujudga keladi.

Adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo viloyati filialida tashkil qilingan tadbir mamlakatimizda korrupsiyaviy xavf-xatarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunchilik-hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun, “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalariga ko‘ra davlat xizmatchisi birovning manfaatini ko‘zlab sovg‘a, foyda va mukofot olishi, rahbarlar mahalliychilikka, urug‘-aymoqchilikka, tanish-bilishchilikka, guruhbozlikka yo‘l qo‘yishi, xizmat mashinasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi taqiqlanganligi tushuntirildi.

Qolaversa, ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanayotganligi, o‘zbek tilini davlat tili sifatida mavqeini oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari xususida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘lib, ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi