Янгиликлар
21
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashimiz
Korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, qolaversa jamiyatdagi ma’naviy muhitni buzilishiga olib keladi.
Mazkur illat demokratiya va qonun ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi. Inson huquqlarining buzilishiga olib keladi. Islohotlarga to‘sqinlik qilib, jamiyat taraqqiyotini ortga suradi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsion omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan Yangiyer shahar hokimligi majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Seminarda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X.Sulaymanbekova ma’ruza bilan ishtirok etib, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi.
Seminar-trening yakunida korrupsiyaga qarshi ma’rifatli yo‘li orqali kurashish, shuningdek davlat xizmatchilari faoliyati ochiqligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olishda har bir xodim faollik ko‘rsatishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi