Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Konstitutsiyaviy islohotlarimizning bosh maqsadi – inson qadri, xalq manfaatini amalda taʼminlashdir


Jamiyatimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, globallashuv jarayonlari tezlashishi davlatimizning amaldagi konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish lozimligini hayotiy zaruriyatga aylantirdi. Chunki so'nggi yillar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa yo‘nalishlarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish jarayonida qonunchiligimizda inson huquqlarini himoya qilishga oid bo‘shliqlar mavjudligi amaliyotda o‘z aksini topdi.

Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Oqoltin kasb-hunar” maktabida tashkil qilingan davra suhbati “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Tadbirda “Inson qadri uchun” g‘oyasi hamda hozirgi islohotlarimizning bosh tamoyili bo‘lgan “Inson – jamiyat – davlat” degan yondashuv konstitutsiyaviy yangilanishlarning bosh mezoni ekanligi ta’kidlandi.

Jarayonda bugunga qadar AQSh konstitsiyasida 27 ta tub o‘zgartirish, Norvegiya Konstitutsiyasida 200 martadan ortiq (bunda Bosh qonun moddalaridan taxminan 1/3 qismigina o‘zining dastlabki ko‘rinishida qolgan), Niderlandiyada 24 marta (biroq 1983 yilda matni puxtalik bilan modernizatsiya qilinishi natijasida undagi deyarli barcha moddalar o‘zgargan) o‘zgartirish kiritilganligi yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalarda o‘zaro fikr almashdilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi