Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya aralashgach...


Adliya aralashgach...


Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan “XAMZA CHILASHVILI” MCHJning asossiz hisoblangan soliq qarzdorligidan norozi boʻlib qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

“XAMZA CHILASHVILI” mas’uliyati cheklangan jamiyati Sirdaryo tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan.

O‘rganish davomida jamiyatning 2022-yil 1-avgust holatiga 2022-yil uchun mulk (issiqxona) soligʻi noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.

Adliya boʻlimining aralashuvi bilan “XAMZA CHILASHVILI” MCHJga hisoblangun mulk (issiqxona) soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 414-moddasi 2-qismiga asosan imtiyoz qoʻllanilib, 33 925 308 soʻm soliq qarzdorligi bekor qilindi.



Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i