Янгиликлар
04
"Huquqiy axborot soati"da adliya va harbiylar bilan uchrashuv
"Huquqiy axborot soati"da adliya va harbiylar bilan uchrashuv
“Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”da yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish tuyg‘usini shakllantirish kabi asosiy vazifalar belgilangan.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahridagi 4-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan “Huquqiy axborot soati” yoshlarni ona vatanga muhabbat va sadoqat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadlariga qaratildi.
Tadbirda Mirzaobod tumanidagi 532-son harbiy qism xizmatchilarilarining ham ishtiroki o‘quvchilarning sohaga qiziqishini yana bir karra oshirgan bo‘lsa, adliya xodimlari tomonidan milliy armiyamiz qudrati va salohiyatini yuksaltirish borasidagi islohotlar yuzasidan bergan ma’lumotlari yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.
Darhaqiqat, vatanparvarlik va fidoyilik oliy fazilat. Yosh avlod qalbida ana shu tuyg‘ularni shakllantirish, insonparvarlik, odob-axloq, o‘z-o‘zini hurmat qilish kabi tushunchalarni singdirishda bu kabi uchrashuvlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi