Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Majburiy tibbiy ko'rik uchun o'qituvchilardan pul talab qilingan, holatga adliya aralashdi


Majburiy tibbiy ko'rik uchun o'qituvchilardan pul talab qilingan, holatga adliya aralashdi


Qonun hujjatlari bilan pedagog xodimlar uchun davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun) belgilanganiga qaramasdan, Yangiyer shahrida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun borgan o‘qituvchilardan noqonuniy ravishda pul talab qilish holatlari kuzatilmoqda.

Jumladan, Yangiyer shahar 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari D.Jumabayeva va X.Obidovalar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish maqsadida Tibbiyot birlashmasiga borgan. Biroq, bo‘lim xodimi tibbiy ko‘rik uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligini aytgan. Aks holda...

Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar D.Jumabayeva va X.Obidovalarning tibbiy ko‘rik uchun tibbiyot birlashmasi tomonidan pul talab qilinganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 45-moddasida, pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish huquqiga ega ekani ko'rsatilgan.

Shuningdek, Mehnat kodeksining 214-moddasida umumta’lim maktablarining ta’lim berish bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlari tibbiy ko‘riklardan o‘tishi munosabati bilan chiqimdor bo‘lmasligi nazarda tutilgan.

Yuqoridagilarga asosan, Adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasiga taqdimnoma kiritildi. Natijada maktab o‘qituvchilari D.Jumabayeva va X.Obidovalarning tibbiy ko‘rigi bepul amalga oshirildi.



Arslon Noraliyev,

Yangiyer shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi