Янгиликлар
05
“Zakovat” turnirining VILOYAT bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Zakovat intellektual klubi” NNT, “Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi” va “Yoshlar ishlari agentligi” hamkorlikda tashkil etgan O’rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining VILOYAT bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg'in va kurashlarga boy kechgan viloyat bosqichi natijalari quyidagicha ko'rinish oldi:
1-o'rin Guliston davlat universiteti akademik litseyi jamoasi;
2-o'rin Sirdaryo yuridik texnikumi jamoasi;
3-o'rin Sayxunobod 2-sonli kasb-hunar maktabi jamoasi.
Viloyat bosqichidagi ushbu natijalarga ko'ra, yuqorida qayd etilgan jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Keyingi bosqichda ham jamoalarga omad yor bo'lishini tilab qolamiz!