Янгиликлар
06
Odam savdosi – davr muammosi
Ma’lumki, so‘nggi paytlarda odam savdosi butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy muammoga aylangan. Fuqarolarning chet ellarga noqonuniy ravishda chiqib ketishlari, noma’lum kimsalarga pasport va boshqa shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini topshirib qo‘yishlari, shuningdek fuqarolarni chet mamlakatlarda bo‘lish vaqtida yashab va ishlab turgan davlat qonunchiligini yaxshi bilmasliklari odam savdosi jinoyatining qurbonlari oshishiga sabab bo‘lmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda “Istiqbolli avdod” ijtimoiy axborot markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanidagi 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida tashkil qilingan tadbir “Odam savdosi jinoyatining mudhish oqibatlari” mavzusiga qaratildi.
Tadbirda odam savdosi, voyaga yetmagan shaxs savdosi tushunchalari, odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar, odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha mamlakatimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, muloqotda ayrim kishilarning soddaligi va ishonuvchanligi sababli moddiy muammolarni tezda hal etish ilinji, yengil ish topish, tez boy bo‘lish orzusi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, loqaydlik va nopok kimsalarning g‘ayriqonuniy harakatlari, mazkur jonoyatning ildiz otishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqyirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, mavzuga oid tarqatma materiallar –infografika va flayerlar tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi