Янгиликлар
07
Mediatsiya – bu manfaatli shartlar asosida taraflarni murosaga keltirish
Mediatsiya so'zining lug'aviy ma’nosiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, lotincha “mediare” so'zidan olingan bo'lib, «vositachilik qilish», degan ma'noni anglatadi. Mazkur yarashuv insitituti dastlab, Buyuk Britaniya, shundan keyin Yevropada tarqala boshlagan. Mediatsiyadan foydalanishning birinchi urinishlari, qoida tariqasida, oilaviy munosabatlar sohasidagi nizolarni hal qilish bilan bog'liq bo'lgan. Keyinchalik, mediatsiya mahalliy jamoalardagi nizolardan tortib tijorat va jamoat sohasidagi murakkab ko'p tomonlama nizolargacha bo'lgan keng doiradagi nizo va nizolarni hal qilishda e'tirofga sazovor bo'la boshlagan.
Mediatsiya – kelib chiqqan nizoni taraflar o'zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko'magida hal qilish usuli bo'lib, mazkur soha O‘zbekiston Respublikasining “Mediatsiya to'g'risida”gi Qonunining 2018-yil 3-iyuldagi 482-sonli Qonuni bilan tartibga solinadi.
So'ngi yillarda mediatsiya sohasini takomillashtirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar jarayonida professional va noprofessional mediatorlar sonini oshirish, ularning maxsus o'quv kurslarida tegishli bilim olishi hamda malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bugungi kunda Sirdaryo viloyatida 36 nafar professional mediatorlar faoliyati yo'lga qo'yilgan bo'lib, shulardan 20 nafarini viloyatda xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar tashkil qiladi.
Viloyatda xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning mediator sifatida ham malakaga ega ekanligi, amaliyotda uchraydigan fuqarolik huquqiy munosabatlardan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan kelib chiqadigan nizolar, yakka mehnat nizolari, oilaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar borasida tomonlarning mediativ kelishuvga erishishlarida juda qo'l kelmoqda.
L.Mamadjonova,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi ma’sul xodimi