Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“Sirli mijoz” – davlat xizmatlarini sifatli rivojlantirishga xizmat qiladi


Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonini oʻrganish, tahlil qilish, sohadagi muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada “Sirli mijoz” institutining roli va ahamiyati beqiyos. Ushbu institut Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida sohada joriy etilgan.
Shu maqsadda, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi 2022-yil III-choragi davomida Kadastr agentligining davlat Kadastrlari palatasi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatish holatini “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi asosida oʻrgandi.
Monitoring davomida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish jarayonida muddat buzish, asossiz rad etish, ortiqcha hujjat talab qilish va boshqa qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi.
Bu kabi salbiy holatlar, aholi va tadbirkorlik subyektlariga sifatsiz xizmat koʻrsatilishiga, vakolatli tashkilotlar tomonidan fuqarolarning arizalarini asossiz ravishda rad qilinishi natijasida fuqarolar tomonidan davlat xizmatlari markazlariga takroran murojaat qilishlariga va buning natijasida qoʻshimcha resurslar, shu jumladan elektr energiya sarflanishiga, davlat xizmatlari markazlari xodimlarining boshqa xizmatlarni belgilangan tartibda hal etishga vaqti cheklanishiga, markazlarda navbatlarning ortishiga sabab boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining bu sohadagi xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrniga salbiy taʻsir etuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Mazkur qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Kadastr agentligining davlat Kadastrlari palatasiga qonunchilik hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.
Taqdimnomaga asosan, qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan 4-nafar mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanildi.
Bu borada Adliya boshqarmasi nazorat faoliyatini yanada kuchaytirishini va kelgusida bu yoʻnalishda boshqa nazorat tadbirlarini oʻtkazgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlik masalasini qoʻllash choralarini koʻrib boradi.


Usmon Saidmuratov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i