Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Intellektual mulik muhofazasi va rivoji yo'lida


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Sayxunobod tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar hamda yangi tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan yoshlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda dastlab tovar belgilari (brend)ni olish tartiblari, zaruriyati hamda tovar belgilariga egalik huquqi to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Shundan so‘ng, yosh tadbirkorlar hamda hunarmandlar uchun mahorat darsi tashkil qilinib, intellektual mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, intellektual mulk ob’yektlari muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik normalari, o‘zgarishlar va yangiliklar tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi