Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Beshbuloq mahallasiga "Ozimiz keldik"


“O‘zimiz keldik”. Aholiga qulaylik yaratish, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadini ko‘zlagan ushbu loyihadan bugun xalqimiz mamnun. Boisi soha xodimlari endi mahallalarda, xonadonlarda, bozorlaru, aholi gavjum joylarda bo‘lib fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda. Guliston tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan navbatdagi tadbir “Beshbuloq” mahallasida tashkil etildi.

Tadbir davomida sayyor tartibda aholiga 45 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muasasasiga navbatga qo‘yish, elektron raqamli imzo kaliti olish, kadastr pasportini shakllantirish, pensiya fondi hisobida turmasligi, narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish yoki turmasligi to‘g‘risidagi sayyor xizmatlar shular jumlasidandir.


Tadbir davomida davlat xizmatlaridan foydalanish, mobil davlat xizmatlari ko‘rsatish usullari va qulayliklari to‘g‘risida bo‘yicha fuqarolarga zarur tushuntirishlar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi