Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Endilikda davlat umumtaʼlim maktablariga sifatli yuridik xizmat koʻrsatiladi


Prezidentimizning 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan 2021-yilning 1-oktyabr sanasidan hududiy adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari respublikaning barcha tuman (shahar)larida tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida davlatimiz rahbarining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich davlat umumiy oʻrta taʼlim maktablariga Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tomonidan sifatli va tezkor yuridik xizmat koʻrsatilishi belgilandi.

Shirin shahar yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan xalq taʼlimi boʻlimida tashkil qilingan tadbir mazkur normativ-huquqiy hujjatlar mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda Markazlarning qonuniy faoliyatiga biron-bir tarzda aralashish va toʻgʻridan toʻgʻri yoki bilvosita taʼsir oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanishi, “E-huquqshunos” elektron tizimiga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish imkoniyati yuzasidan fikr-almashildi.

Muloqot soʻngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi