Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Mahallalarda manzilli targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda


Fuqarolarning murojaatlari va muammolarini bartaraf etish, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masalalarni hal qilish, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini jamoatchilikka yetkazishda “mahallabay” targ‘ibot tadbirlari alohida o‘rin tutadi.

Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan “Birlashgan” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar uchun tashkil qilingan tadbir O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbirda xotin-qizlarni oliy ta’limga qamrab olish, kasbga tayyorlash, uy-joy bilan ta’minlash, kredit va subsidiya olish hamda boshqa yo‘nalishlarda yaratilgan imtiyozlar hususida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, umumta’lim maktablariga bolalarni qabul qilish, bir maktabning o‘zida bolani bir sinfdan boshqasiga o‘tkazish yoki bir maktabdan boshqa maktabga ko‘chirish tartiblari hamda umumta’lim maktablari faoliyatiga doir boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borildi.
Shuningdek tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi