Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Intellektual mulk ob’yektlari muhofazasi kuchaytiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan yana bir muhim hujjat sanaladi.


Shu kunlarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan hududlarda tadbikorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, mazkur qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda. Navbatdagi tadbir Guliston tumanida bo‘lib o‘tdi.  

Darhaqiqat, intellektual mulk inson tomonidan yaratiladigan ijodiy aqliy faoliyat mahsuli hisoblanadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning deyarli barchasida intellektual mulk rivojiga katta e’tibor qaratiladi.

Tadbirda mazkur qaror mazmun-mohiyati, intellektual mulk ob’yektlari muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik normalari, o‘zgarishlar va yangiliklar tushuntirildi.

Muloqot so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mas’ullar tomonidan tegishli javoblar berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi