Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Har bir murojaat adliya e'tiborida


Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro  F.Tag‘ayevaning marhum farzandi Tog‘ayev Doston Rustam o‘g‘li 1997-yil 13-oktyabrda vafot etganligi sababli o‘lganlik faktini tasdiqlashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

  F.Tag‘ayevaning tushuntirishiga ko‘ra, farzandi 1997-yilda kasalligi tufayli vafot etgan. Biroq, shu kunga qadar o‘lim haqidagi guvohnomasini olish uchun FHDY idoralariga murojat qilinmagan.

Aniqlanishicha, D.Tog‘ayevning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi Yangiyer shahar FHDY bo‘limida qayd etilgan hamda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berilgan.

Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish arxivi tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan 1994-2022 yillarda Tog‘ayev Doston Rustam o‘g‘lining o‘limi haqidagi dalolatnoma yozuvlari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-prosessual kodeksining 283-moddasi 10-bandiga ko‘ra, sudlar yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa faktlarni, agar qonun hujjatlarida ularni belgilashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, belgilashga oid ishlarni ko‘radi.

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1991-yil 20-dekabrdagi 5-sonli “Yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi Qarorining 20-bandiga ko‘ra, agar shaxsning ma’lum vaqt va ma’lum holatda vafot etganligini tasdiqlovchi ishonchli dalillar mavjud bo‘lsa, FPK 295-moddasining 10-bandiga asosan sud o‘lganlik faktini belgilaydi.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Guliston shahar adliya bo‘limi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

To‘plangan hujjatlar, guvohlarning ko‘rsatmalariga asosan Adliya bo‘limining arizasi qanoatlantirilib, Tog‘ayev Doston Rustam o‘g‘lining o‘lganlik faktini belgilash yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarildi.



Nail Tagirov,

Guliston shahar adliya bo'limi bosh maslahatchisi