Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Konstitusiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” shiori ostida tashkil etilgan “Ma’rifat soati”da O‘zbekiston Respublikasi Bosh qomusi - Konstitusiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasi muhokamalar markazida bo‘ldi.
Ta’kidlanganidek, Qonun loyihasini tayyorlashda milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlari, ilg‘or xorijiy tajribaga ega bo‘lgan AQSH, Germaniya, Fransiya, Italiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Gruziya, Ozorbayjon kabi 100 dan ortiq mamlakatlarning konstitusiyalari o‘rganildi.
Mazkur qonun loyihasida, amaldagi konstitusiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish taklif qilingan. Tadbirda ushbu huquqiy normalarning ahamiyati xususida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Shundan so‘ng, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, ushbu jarayonda har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi ta’kidlandi.
Muloqot mobaynida shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 1541- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi