Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligi oshirildi


Mirzaobod tuman 532-SCHR batalonida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov, Guliston shahar adliya bo‘limi, Davlat hizmatlari markazi shoʻba mudiri S.Tojiboyev hamda O‘zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi kotibi M.Mamaraimov ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dastlab «O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida» Qonuni mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishi, mazkur jinoyatning tavsifi, uning profilaktikasi to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida mamlakatimizda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari turlari, ushbu xizmatlardan foydalanish tartibi haqida keng ma’lumotlar berildi.