Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Jamiyatda intellektual mulkka bo‘lgan hurmat hissini shakllantirish va aholining huquqiy madaniyatini oshirish dolzarb vazifa


So‘nggi yillarda mamlakatimizda intellektual mulk sohasini isloh qilish borasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘gʻrisida”gi qarori bilan intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘limi hamda Oqoltin tuman adliya bo‘limi bilan hamkorlikda tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida mazkur qaror mazmun-mohiyati, intellektual mulk ob’yektlari muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan qonunchilik normalari, o‘zgarishlar va yangiliklar tushuntirildi.

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan mazkur tadbir davomida tadbirkorlarning muammolari o‘rganildi, ular bilan fikr almashinib, bu borada faoliyatga doir yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha savollariga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi