Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash - davr talabi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Guliston shahar 4-son umumta’lim maktabida “Huquq oyligi” doirasida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Mazkur tadbir yoshlarning o‘z huquqiy savodxonligini oshirish barobarida egallagan huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadiga qaratilganligi bilan ahamiyali bo‘ldi.

Tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova yuqori sinf o‘quvchilariga oila huquqi, bola huquqi, ta’lim olish huquqi yuzasidan tushuntirishlar berdi. Jarayonda savol-javoblar, test sinovlari orqali o‘qvchilarning huququiy bilimlari mustahkamlandi.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlarini, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masalalarni sodda tilda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan bolahuquqlari.uz, kurslar.huquqiyportal.uz, advice.uz huquqiy portallari, shuningdek “Huquqiy axborot” telegram kanallaridan foydalanish, ushbu huquqiy manbalarning afzalligi va qulayligi to‘g‘risida ma’lumotlar infografika shaklida yetkazildi.
Yakunda test sinovlarida yuqori natijani qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “Har kunlik huquq”, “Hayotiy muhim masalalar bo‘yicha huquqiy qo‘llanma”lar taqdim qilindi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi