Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

AVGUST OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning avgust oyida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Rejalashtirish va samaradorlikni baholash bo‘limi bosh maslahatchisi O‘rmanov Sanjar Anorboevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
     O‘rmanov Sanjar Anorboevich 2009-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Faoliyatini 2010-yilda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. 2022-yildan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

     Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi O'rmanov Sanjar Anorboevichni ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.