Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim o‘rin tutadi


Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Sayxunobod tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan 26-sonli umumta’lim maktabida tashkil qilingan tadbir  O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g’risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Tadbir davomida Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi, unda  “korrupsiya”, “korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi asosiy tushunchalarga izoh berish bilan bir qatorda, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari ham qayd etilganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jazo muqarrarligini ta’minlash va bu borada xalqaro hamkorlikni ta’minlash kabi choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarga odam savdosi, firibgarlik, bezorilik, bosqinchilik jinoyatlari xususida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi