Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Huquqiy savodxonlikni oshirish – davr talabi


Oqoltin tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman xalq ta’limi bo‘limida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Muloqotda davlat fuqarolik xizmatchisining huquqlari va majburiyatlari, davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar, davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish chora-tadbirlari, axloqiy xulq-atvor qoidalari, shuningdek manfaatlar to‘qnashuvining oldi olish yuzasidan tushuntirish berildi.

Bundan tashqari, jarayonda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 154-1-moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi bo‘yicha ma’lumot berildi.



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi