Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Аdliya boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari Bekzod Artikov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi


Inson hayotda o‘zini baxtli his etishi uchun o‘z qiziqishi bilan amalga oshiradigan kasb-hunarga ham ega bo‘lishi zarur. Zotan, kasb tanlash inson hayotidagi eng muhim tanlovdir.

Bekzod Artikov kasb tanlashda adashmadi. Maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq "kim bo‘lsam ekan?", degan savolga uning javobi tayyor edi. U huquqshunos bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi.

Bekzod Artikov 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistratura yo‘nalishini, 2009-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat akademiyasini tamomladi.

Sohadagi mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshladi. Keyinchalik vazirlikda yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Bekzod Artikov iqtidori, bilimi, aql-zakovati bilan rahbarlik darajasiga yetib keldi. O‘tgan yillar mobaynida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishladi. 2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi.  

Bekzod Artikov 2020-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

2022-yildan esa Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishladi.  

Halol mehnat, izlanish, kasb fidoyiligi ko‘rinmay qolmas ekan. Adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Bekzod Artikov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bekzod Artikov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Adliya boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Bekzod Xatamovichning fidoyiligi, ishchanlik salohiyati, insoniy fazilatlari alohida e’tirof etildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Bekzod Artikovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etib, kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.  



Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi