Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sportchilarga 11 milliondan ortiq xizmat safari xarajatlari to‘lanmagani aniqlandi


M. Baymuratov Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻining 2021-yil 2-martdagi 20-sonli buyrugʻiga asosan 2021-yilning 15-18-mart kunlari Toshkent viloyatiga oʻquv yigʻin mashgʻulotida ishtirok etish uchun 13 nafar sportchi bilan sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari boʻyicha xizmat safariga yuborilgan.
Biroq M. Baymuratov va sportchilarga 11 760 000 soʻm miqdoridagi xizmat safari xarajatlari toʻlab berilmagan.
Holatdan norozi boʻlgan M. Baymuratov xizmat safari xarajatlarini toʻlab berishda yordam soʻrab adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, Sportni rivojlantirish boshqarmasi (muqaddam Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi) tomonidan mablagʻ yoʻqligi vaji bilan Baymuratov va 13 nafar sportchiga xizmat safari xarajatlari toʻlanmagan.
Vaholanki, Mehnat Kodeksining 171-moddasida xizmat safarida va koʻchib yurish bilan bogʻliq ishlarda yoʻl kira, doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bogʻliq, xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar toʻlanishi lozimligi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 15-bandida sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishni, sport terma jamoalarini tayyorlash va ularning sport musobaqalarida qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy taʼminotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan taʼminlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan byudjet mablagʻlari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan.
Adliya boshqarmasi tomonidan Sportni rivojlantirish boshqarmasiga qonun hujatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.
Hozirda, M. Baymuratov va 13 nafar sportchilarga jami 11 760 000 (oʻn bir million yetti yuz oltmish ming ) soʻm miqdoridagi xizmat safari xarajatlari undirib berildi.

Timur Karimov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi