Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Ichimlik suvi uchun noto'g'ri hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi


Shirin shahrida yashovchi X.Akramova iste’molchi sifatida barcha kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab kelayotgan edi. “Sirdaryo suv ta’minot” MCHJ Shirin shahar bo‘limi xodimlari tomonidan X.Akramovaning xonadoniga ichimlik suvi iste’moli uchun qarzdorlik hisoblandi. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro Shirin shahar adliya bo‘limiga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.  

Mazkur murojaat qonunchilik talablari asosida o‘rganildi.

O‘rganish davomida X.Akramova yashab kelayotgan Amir Temur mahallasi 2-daxa, 1-uy, 11-xonadonga toza ichimlik suvi uchun “Sirdaryo suv ta’minot” MCHJ Shirin shahar bo‘limi tomonidan 250 000 so‘m qarzdorlik “Uzwater” billing dasturidan noto‘g‘ri hisoblanganligi ma’lum bo‘ldi.

Shahar adliya bo‘limining aralashuvi bilan ushbu qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib,  bartaraf etildi.

Shu tariqa, iste’molchining huquqi tiklandi.



Ikrom Hakimov,

Shirin shahar adliya bo'limi boshlig'i