Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi.


Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Bobur Sobirjonovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

B.Nazarov 1984 yilda Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining magistratura yo‘nalishini, 2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

B.Nazarov mehnat faoliyatini Yangiyer shahridagi “Jamshid-Yangiyer” mas’uliyati cheklangan jamiyat huquqshunosi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda tayinlovga qadar Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi inson resurslari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.  

Adliya boshqarmasi jamoasi Nazarov Bobur Sobirjonovichni ushbu tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.